Sibirlik olim 2022-yildan keyin global sovish boshlanishini bashorat qildi

2022-yildan keyin Yerda asta-sekinlik bilan sovib ketish boshlanadi. Bu haqda Sibir mintaqaviy ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti gidrometeorologiya va ekologiya bo‘limi mudiri Nikolay Zavalishin ma’lum qildi, deb yozadi

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida global isish davom etib, sayyorada o‘rtacha havo harorati 1,1 °С ga ko‘tariladi. Ammo taxminan besh yildan keyinoq, harorat pasayishni boshlaydi, bunda odam qancha uglevodorodni bitkazishi ahamiyatga ega emas.

Zavalishin — global isishning antropogen xususiyatini inkor etuvchi nazariya tarafdori. Uning fikricha, harorat o‘zgarishi Yer albedosi — Quyosh energiyasining koinotda aks etgan foizi pasayishi bilan bog‘liq.

Olim eslatishicha, haroratning ko‘tarilishi va pasayishi davrlari avval ham kuzatilgan, ular takrorlanuvchi xususiyat kasb etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir sikl 10 yillik tez isish va 40—50 yillik sekin “sovish”dan iborat.

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *