Misr prezidenti, Saudiya Arabistoni qiroli va Donald Tramp mo‘jizaviy sharga qo‘l tekkizdi

21-may kuni Ar-Riyodda terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlagan sammitning ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Meduza.

Marosimda AQSh prezidenti Donald Tramp, Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saud nurli globus oldida suratga tushdi. Surat biroz g‘alati ko‘rinish olgan: mamlakat rahbarlari o‘zidan nur taratayotgan shar atrofiga to‘planib, unga qo‘llarini qo‘ygan, Donald Tramp hatto ko‘zini yumgan.

Twitter foydalanuvchilari ularni kino va komikslardagi yovuz kimsalarga qiyoslab, surat ostiga turli izohlar qoldirdi.

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *