Alisher Usmonovning Dilbar’i 2016-yilning eng yaxshi motorli yaxtasi deb tan olindi (fotogalereya)

2016-yilgi World Superyacht Awards (Jahon super yaxta mukofoti) mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi, deb yozadi

World Superyacht Awards talqiniga ko‘ra, 2016-yilning eng yaxshi motorli yaxtasi, OAVlar ma’lumotlari bo‘yicha, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli Dilbar nomli yaxta bo‘ldi. Ushbu maqom uchun to‘qqizta kategoriya bo‘yicha g‘olib chiqqan yaxtalar kurash olib bordi. Mukofot saytida aytilishicha, hakamlar Dilbar’ni “eng yaxshilarning eng yaxshisi” deb topgan.


World Superyacht Awards har yili topshiriladi. Asosiy g‘olibdan tashqari, hay’at har xil turlar bo‘yicha eng yaxshi yaxtalarni tanlaydi. Dilbar, shuningdek, “Suv sig‘imi 3000 tonnadan ortiq bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishida ham g‘olib bo‘ldi.

“Suv sig‘imi 1500 dan 2999 tonnagacha bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Cloudbreak:
“Suv sig‘imi 500 dan 1499 tonnagacha bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Joy:
“Suv sig‘imi 500 tonnadan kam bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — La Passion:
“Uzunligi 50 metrdan ortiq suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Galactica Super Nova. U “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovga tegishli:
“Uzunligi 40—49,9 metrli suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Amore Mio:
“Uzunligi 34—39,9 metrli suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Gipsy.
“Uzunligi 30—33,9 metrli suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Botti:

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *