Terrorizm – asr vabosi  

 

Islom so’zining lug’aviy ma’nosi itoat, tinchlik demakdir. Alloh taolo Islom dinini paydo qilish bilan insoniyatga tinchlik,osoyishtalik, farog’at, xotirjamlik ne’matlarini ato etgan. Islom  dini   tinchlik   tushunchasini o’zining  bosh g’oyasiga

aylantirgani  xam  bejiz  emas.  Bu  borada  Qur’oni  karimda  shunday  bayon  qilinadi: ”Ey imon  keltirgan  bandalar! Barchangiz  tamomila  tinchlik  va  toat  yo’liga  kiringlar.” (Baqara , 208).

Bu  ezgu  da’vat  insonlarga  eng aziz  va  zarur  bo’lgan  tinchlikni   saqlash  ishida  kishilarni  birlashtiradi. Qur’oni  karimning  “ Moida ”   surasidagi  2- oyatda  “Ezgulik  va  taqvo  ( yo’li ) da xamkorlik  qilingiz,  gunox  va  adovat  (yo’l ) da  xamkorlik  qilmangiz! ”deyiladi. Bu  oyati  karimadan  ma’lumki,  ezgu  niyat  yo’lida  hamkorlik  qilish  yer  yuzida  tinchlik    barqaror  bo’lishiga  bosh  omildir.  Xadisi  shariflarda  xam  tinchlik  mavzusi  alohida  o’rin  egallagan. Unda  aytiladiki:  “Tinchlik  va  xotirjamlik  ikki  ulug’  ne’matdirki,  bundan  ko’p  odamlar  mahrumdirlar  ” ( Imom  Buxoriy  rivoyati ).

Afsuski, bu  ikki  ulug’  ne’matdan  xamma  xam   barobar  bahramand  emas. Chunki,  dunyoning  turli  burchaklarida    terrorchilar  tomonidan  nohaq  qon    to’kilishlar  sodir  etilmoqda. Ma’lumki,  bugungi  kunda  terrorizm  balosi  butun  dunyo  hamjamiyatiga  solayotgan  tahdidi  nuqtai  nazaridan  insoniyatni  qiynayotgan  asosiy  muammoga  aylanib  qoldi.  Shuning uchun  xam  barcha  ezgu  niyatli   kishilar  bu  xavfning  oldini  olishni,  tahdid  solayotgan  unsurlarga  qashi  kurashni  o’zlarining  oliy  maqsadlari  deb  bilmoqdalar.   Tabiiyki,  terrorizm  xavfining  chuqurlashuvi  unga  qarshi   kurashishning  kuchayishiga  olib  keldi. Mazkur  muammoning  yechimiga yo’l ochadigan  aniq  tavsiyalar,  chora  tadbirlar  ishlab  chiqish  dolzarb  masalaga  aylandi.

Hozirgi  kunda  terrorizmning  asl  basharasi  barchaga  yaxshi  ayon  bo’lib  qoldi.  Terrorchi,  buzg’unchi  deganda  ongi  zaharlangan,  qilayotgan  ishiga  javob  bera  olmaydigan,  kimningdir yovuz  niyatini  amalga  oshiradigan manqurt,  kimsalar  tushunilmoqda.  Kezi   kelganda  shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  jinoiy  ishni  amalga  oshirgan  terrorchining  nasroniy,  musulmon  yoxud  yahudiy  bo’lishi  jamiyat  a’zolariga  o’sha  din  to’g’risida  noo’rin  fikr  va  xulosalar  chiqarish  huquqini  bermaydi.  Hatto  bu  razil  kimsalarning  qaysi  dinda  ekani  to’g’risidagi  savolnoma bandida  “Musulmon” , deb  yozib  qo’yilgan  bo’lsa  ham,  ular  qilgan  jinoyatga “ Islom terrorchiligi ”, deb  yorliq  yopishtirilishi mutlaqo  mumkin  emas. Zotan  birorta  ham  chin  iymonli  kishi,  qaysi  dindaligidan  qat`iy   nazar,  o’z  aqidasi  yo’lida  begunoh  odamlarni  o’ldirmaydi.  Terrorchilar   dinga  qattiq  e’tiqod  qo’yganlari  xaqida  qanchalik  lof  urmasinlar,  o’zlarini  din  homiysi  qilib   ko’rsatmasinlar, aslida  bu ishlarni  odamlar qalbidan  dinu  imonni  chiqarish  uchun  qiladilar.  Ana  shundan  ham  ma’lumki,  ularning  maqsadi  odamlarni  dindan  chetlashtirish  va  qalblarida  imonli  kishilarga  nisbatan  nafrat,  g’azab  o’tini  yoqishdan  iboratdir. Alloh  taolo  imonli  kishilarga  rahm  –  shafqat,  mehr – oqibat  va tinchlik  osoyishtalikni   buyuradi.  Terror  esa  buning  g’irt  aksidir.  U  o’z  oldiga  berahmlik,  shavfqatsizlik,  jabr – zulm ,  qotillik  va  azob  uqubatlarni  maqsad  qilib  qo’yadi. Chunki,  har  bir  inson  yer  yuzida  tinchlik,  osoyishtalik  va  adolat   barqaror  bo’lishi  uchun  Alloh  taolo  oldida  mas’uldir. Ana  shu  mas’uliyatni  to’la  his  etgan  holda  tinchlik  ishishga  barcha  o’z  hissasini  qo’shmog’i  kerak.

 

 

AndijonSayyid Muyiddin maxdum

o`rta maxsus islom bilim yurti

4-kurs 62-guruh Yuldashev Musaxon

 

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *