Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda tashrif buyurgan 32-oilaviy poliklinika bosh shifokorini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimiga 6-may kunikutilmagan tashrif uyushtirgan 32-oilaviy poliklinika bosh shifokorini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.


Foto: UzNews

Yashnobod tumani ma’muriyati rahbarlari va faollari yig‘ilishida Prezident tumandagi ayanchli ahvol haqida gapirgan, ayniqsa 32-poliklinikaga alohida to‘xtalgan.

Davlat rahbari poliklinika hududida yovvoyi o‘tlar o‘sib yotganini, oddiy sanitar va gigiyenik me’yorlarga amal qilinmaganini ta’kidlab o‘tgan.

Prezident shahar hokimiga ushbu poliklinika bosh shifokorini lavozimidan chetlashtirish, shuningdek, qisqa muxlat ichida tumanning barcha tibbiyot muassasalarini tartibga keltirish topshirig‘ini bergan.

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *