Ruslan Chagayev izdoshlari yettinchi finaldagi yettinchi oltin medalga ega chiqdi

Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining finalida jang qilgan yettinchi o‘zbekistonlik sportchi yettinchi oltin medal egasiga aylandi, bu haqida daryo.uz xabar qilmoqda.

Foto: “Sports.uz”

Foto: “Sports.uz”

64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqaning finaliga qadar yetib kelgan Iqbol Xoldorov mo‘g‘ulistonlik raqibi bilan tengma-teng jang qildi. Uning yakunida hakamlar o‘zbekistonlik sportchi ochkolar hisobi bo‘yicha g‘olib chiqqanini e’tirof etdi.

Ma’lumot uchun, shanba kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlikka qit’a chempionligi nasib qilgan bo‘lsa, yakshanba kuni jang qilgan uch sportchining barchasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Oldinda Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi final janglari bor.

Osiyo chempionatini tomosha qilish uchun vatani O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ruslan Chagayev final janglarini “O‘zbekiston” sport majmuasining o‘zidan tomosha qilmoqda.

7-may kungi janglar

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Gan Erdene Ganxuyang (Mo‘g‘uliston) — g‘alaba
-52 kg: Jasur Latipov — In Kyu Kim (Janubiy Koreya) — g‘alaba
-64 kg: Iqbol Xoldrov — Chinzorig Batorsux (Mo‘g‘uliston) — g‘alaba
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Ablaixon Jusupov (Qozog‘iston) — 18:30
+91 kg: Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozog‘iston) — 19:15

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *