“Sarobga aldanganlar qismati”: Toshkentda yangi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi

2017 yilning 1 may kuni Toshkent shahrida “Zamon-Press-info nashriyot uyi” tomonidan chop etilgan “Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.

Ma`lumki, bugungi kun muqaddas dinimizni niqob qilib olgan yovuz kuchlar tomonidan dunyoning turli nuqtalarida amalga oshirilayotgan jinoiy xatti-harakatlar barchadan hushyorlik va ehtiyotkorlikni talab etadi.

Ana shu ekstremistik oqimlarga qo’shilib, bu guruhlarning sof islomiy qadriyatlardan qanchalik uzoq ekanini o’z aql-idroki bilan anglab yetgan bu hamyurtlarimizning kechmishlari, iqror va tazarrulari ham bir o’quvchini hushyorlikka chorlaydi, din va diniy aqidaparastlik, sof islomiy qadriyatlar va terrorizm singari tushunchalarni farqlashda katta ahamiyat kasb etadi.

 

Yangi kitob ham bunday xatti-harakatlarga haqqoniy munosabatlarni o’zida jamlagan.

Kitob ikki qismni o’z ichiga oladi. To’plamda qilgan xatosi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o’tayotgan yoxud o’tab qaytgan hamyurtlarimizning chin dildan bildirgan iqrorlari, nadomatlari, shuningdek, ularning oila a`zolari, yaqinlari, mahalladoshlari tomonidan yo’llangan maktublar joy olgan.

 

Taqdimot marosimida so’zga chiqqanlar mazkur kitobning mazmun-mohiyati, uning yosh avlodni Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati xususida so’z yuritishdi.

 

Leave A Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *